Bosh sahifa O'zbekiston Hech o‘ylab ko‘rganmisiz…
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Jamiyat
Fan-texnika

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz…

  • 25.10.2026 / 07:04
  • 557
  • 0
111

Nega milliy taomlarimiz, milliy kiyimlarimiz, milliy hunarmandchiligimiz, milliy boyligimiz, milliy urf-odatlarimiz, Milliy gvardiyamiz, Milliy kutubxonamiz, Milliy universitetimiz, milliy sertifikatlarimiz bor-u, milliy o‘quv dasturimiz yo‘q?

Nahotki tizimdagi 1 millionga yaqin soha xodimlari, joylardagi malaka oshirish institutlari, tadqiqot markazlari, pedagogika fanlari doktorlari, dotsentlar va fan nomzodlari 30 yildan oshiqroq vaqt davomida ham Milliy o‘quv dasturini yaratishmagan bo‘lsa?

30 yil bu inson umri nuqtayi nazaridan ozmuncha vaqt emas — maktabdagi uch avlod degani. «Fin ta’limi» dedik, «Singapur ta’limi» dedik, ta’limda xorij tajribasi dedik. Axir fin yoki singapurlik o‘zbekcha yig‘lashni bilmaydi-ku... Dard o‘zimizniki, muammo o‘zimizniki — uni o‘zimiz hal qilishimiz kerak emasmi? Chet el ta’lim tizimini o‘rganish va uni sohada qo‘llash yomon emas. Biroq uni Milliy o‘quv dasturimiz yaratilganidan keyin, muzqaymoq yoki biror shirinlik kabi desert o‘rnida qo‘llasak yaxshi bo‘lardi.

Choy — yaxshi narsa. Ammo u oshdan keyin yanada yaxshi ketadi. Qani, birodar, choydan oling. Hozircha oshimiz yo‘q. Unutmang. Ta’lim tizimidagi arzimas xato 10 yildan keyin bilinadi. Uni tuzatish uchun esa 100 yillar ham kamlik qiladi. Qolaversa, ta’lim tizimi — har qanday davlatning «og‘ir karvon»i. Unda ha-deb islohot qilaverish yaxshilikka olib kelmagan, kelmaydi ham.

Erkinjon YARASHЕV

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar