Bosh sahifa Iqtisodiyot Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialga O‘zbekiston 5 million dollar tikdi
Iqtisodiyot

Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialga O‘zbekiston 5 million dollar tikdi

  • 21.11.2019 / 10:05
  • 5021
  • 0
111

Qalampir.uz serial surat olinishi rejalashtirilgan maydonchada bo‘lib, ijodkorlar bilan suhbatlashib qaytdi.

“Tasvirga olish jarayonlari uchun juda katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu shunchaki serial emas, balki xalqaro doiradagi, katta jo‘g‘rofiyani qamrab oladigan loyiha bo‘lishi tabiiy. Mazkur asar bilan O‘zbekiston dunyo kinobozoriga kirsa, ajab emas. 

Birgina dekoratsiyalarga kelsak, men bugungacha ko‘plab filmlarning tasvirga olish maydonchalarida bo‘lib, bu qadar reallikka yaqin dekoratsiyalarni buyumlarni ko‘rmaganman. Serial uchun, hatto, chorva mollari ham boqilyapti”, deydi Qalampir.uz rahbari Qamariddin Shayxov. 

Serial senariysi tarixchilarning ilmiy izlanishlari asosida yozildi. Albatta, unda badiiy to‘qimalar ham mavjud. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur serialga metsenatlik asosida 5 million AQSH dollari mablag‘ sarf etilmoqda. U 13 qismdan iborat bo‘ladi. Agar serial dunyo bozoriga chiqib, qaysidir jihatdan sarf-xarajatlarni qoplay olsa, tasvirga olish ishlari yana davom ettiriladi.

Serialda Jaloliddin Manbuberdining qahramonligi va Chingizxon bilan ziddiyati, katta qudratga ega bo‘lgan va dunyoning yarmini egallagan mo‘g‘ullar imperatorini Manguberdi qanday yenggani tasvirlanadi. Serialning ilk treyleri yaqin kunlarda namoyish etilishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston tarafidan ushbu loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov boshchilik qilmoqda. Serialni dunyoning 85 mamlakatida tomosha qilingan “Tirilish. Erto‘g‘rul” seriali senariy muallifi va prodyuseri Mehmet Bo‘zdog‘ rahbarligidagi ijodiy jamoa suratga oladi. 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar