Savolga javobni muxbir Usmonjon Qodirov topishga urindi.
Qo‘qon shahri markazidagi avtosalonga borganimizda, haqiqatan bu mashinalar ko‘zga ko‘rinarli, e’tiborni tortadigan qilib qo‘yilgan. Kuniga 300 ga yaqin insonlar bu mashinalarga qiziqib avtosalonga kirib ko‘rayotganini aniqladik. "Trade in" dasturi targ‘ibotining yangi usuli ekan bu. Qiziqib kelgan yurdoshlarimizga bu dastur haqida mutaxassislar batafsil javob berishmoqda.
- Mani qizziqanim, eski mashinalarni ham qator qilib, qo‘yib qo‘yishibdi. Eski mashinalarni ko‘ray deb, buni qatorida yangi mashinalarni ham ko‘ray, harid qilamiz degandim. Shularni bir narxini bilay, ko‘ray deb kelganim - deydi, Hasanjon ota Jalilov.
Endi yurtdoshlarimiz eski mashinalari yangisiga almashtirishlari mumkin. "Trade in" dasturi bunda ko‘makchi bo‘ladi. Avtosalonlardagi mutaxassislardan esa batafsil javob olish mumkin.
Usmonjon Qodirov
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!