Bosh sahifa Jahon Aliment. Savollar va javoblar
Jahon

Aliment. Savollar va javoblar

  • 25.11.2019 / 08:03
  • 5304
  • 0
111

O‘zbekiston Adliya vazirligi aliment haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javob tayyorladi.

 

1. Aliment qanday tartibda undiriladi?

Voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lash tartibini ota-ona o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqli. Ushbu majburiyat ixtiyoriy ravishda bajarilmasa ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.

 

2. Aliment qachondan undirila boshlaydi?

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.

 

3. Aliment qancha miqdorda undiriladi?

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — 1/4 qismi; ikki bola uchun — 1/3 qismi; uch va undan ortiq bola uchun — ½ qismi miqdorida undiriladi.

Voyaga etgan bolaga alimentning miqdori sud tomonidan har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

 

4. Aliment to‘lovchi hech qayerda ishlamasa-chi?

Agar aliment to‘lovchi ishlamasa, aliment o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

 

5. Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod etish mumkinmi?

Ha, mumkin. Aliment to‘lovchining boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qarzdorlarning chetga chiqishini cheklovchi yangi tartib tasdiqlangan. Unga ko‘ra 1,1 mln so‘mdan ortiq qarzi bor fuqarolarga O‘zbekistondan chiqish taqiqlanadi.



Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar