Bosh sahifa O'zbekiston Jsst mukofoti kimlarga beriladi?
O'zbekiston
Jahon
Jamiyat

Jsst mukofoti kimlarga beriladi?

  • 23.10.2026 / 09:04
  • 645
  • 0
111

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining nufuzli mukofoti (WHO Director-General's Award) global tibbiyot va aholi salomatligini muhofaza qilishga bebaho hissa qo‘shgan yetakchilarga beriladi. 2019 yilda ta’sis etilgan ushbu mukofot sovrindorlarini JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus shaxsan o‘zi tanlaydi.

Mukofot tanlovi o‘ta qat’iy bo‘lib, unga har yili barcha uchun namuna bo‘la oladigan sanakligina insonlar loyiq ko‘riladi. Laureatlar orasida Nobel mukofoti egalari, davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda taniqli olimlar bor. Masalan, 2024 yilda uch nafar, 2025 yilda esa atigi ikki kishi bu yuksak sharafga sazovor bo‘lgan.

2026 yilda esa ushbu nufuzli mukofot O‘zbekiston Birinchi xonimi, «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaga topshirildi. Bu e’tirof saratonga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning sog‘lom yashash huquqini dunyo miqyosida himoya qilishdagi fidokorona xizmatlari uchun berildi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar