Bosh sahifa O'zbekiston Aholini ro‘yxatga olish ishlari yakunlandi
O'zbekiston
Jamiyat

Aholini ro‘yxatga olish ishlari yakunlandi

  • 03.03.2026 / 10:33
  • 45
  • 0
111

Milliy statistika matbuot xizmatining ma’lum qilishicha ikki bosqichda olib borilgan aholini ro‘yxatga olish ishlari yakunlandi. 2026-yil 15–31-yanvar kunlari onlayn bosqich o‘tkazilib, 17 kun ichida 30 milliondan ortiq fuqaro mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tdi. Xonadonlarning 82,3 foizi shu bosqichda qamrab olindi. 4–28- fevral kunlari esa uyma uy bosqich tashkil etildi. Mahalla vakillari tomonidan ma’lumotlar planshetlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron bazaga kiritildi. Natijada respublika bo‘yicha jami 8,3 millionta xonadon to‘liq ro‘yxatga olindi. Takroriy ma’lumotlar avtomatik tarzda aniqlandi.

Ayni vaqtda yig‘ilgan ma’lumotlar yagona bazaga jamlanib, texnik va mantiqiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Dastlabki natijalar 2026-yil 1-iyuligacha, yakuniy natijalar esa 2027-yil 1-iyuligacha e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu ma’lumotlar demografik holatni tahlil qilish, hududiy rivojlanishni rejalashtirish va ijtimoiy sohadagi qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, ma’lumotlar qonunchilik asosida himoya qilingan. Shaxsiy ma’lumotlar ochiqlanmaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Mustaqillikdan so‘ng ilk marotaba 2023-yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borilgan bo‘lib, o‘sha davrda aholi soni 36,8 million kishini tashkil etgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar