Bosh sahifa O'zbekiston "Hujayrali yamoq"lar nima?
O'zbekiston
Jahon

"Hujayrali yamoq"lar nima?

  • 23.02.2026 / 15:56
  • 37
  • 0
111
Ilm-fan yangiliklari bilan bog‘liq manbalarda keltirilishicha, Biz fantastik filmlarda ko‘rgan “organlarni qayta tiklash” davri rasman boshlanmoqda. 2026-yil 19-fevral kuni Yaponiyada insoniyat tarixidagi eng muhim tibbiy qarorlardan biri qabul qilindi. Yaponiya hukumati iPS (induksiyalangan plyuripotent stem) hujayralari asosida ishlab chiqilgan davolash usullarini sotuvga chiqarishga ruxsat berdi. Bu texnologiya 2012-yilda Shinya Yamanakaga Nobel mukofotini olib kelgan edi. Oradan yillar o‘tib, bu nazariya amaliy tibbiyotga kirib kelmoqda. Endilikda davolab bo‘lmas deb hisoblangan kasalliklarni hujayra darajasida tuzatish mumkin: -Parkinson kasalligi: Parkinson kasalligida miyadagi dofamin ishlab chiqaruvchi neyronlar nobud bo‘ladi. Olimlar insonning oddiy hujayralarini (masalan, teri yoki qon hujayralarini) qayta dasturlab, ularni “tirik dori”ga aylantirishdi. - Yurak yetishmovchiligi: Shikastlangan yurak mushaklariga maxsus “hujayrali yamoqlar” yopishtiriladi va yurak o‘z-o‘zini qayta tiklashni boshlaydi. Bu hujayralar bemorning o‘z qoni yoki terisidan olinishi mumkin. Demak, organizm ko‘chirib o‘tkazilgan “yangi qismlarni” begona sifatida rad etmaydi. Bu shunchaki yangilik emas, balki kelajak tibbiyoti - regenerativ terapiyaning g‘alabasi. Endilikda nafaqat Parkinson, balki boshqa ko‘plab davosiz deb hisoblangan kasalliklarni ham hujayra darajasida davolash imkoni tug‘iladi.

M. Karimova tayyorladi.
 
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar