Bosh sahifa Sport G‘olib toj uchun Gukesh bilan dona suradi
Sport

G‘olib toj uchun Gukesh bilan dona suradi

  • 21.02.2026 / 15:52
  • 16
  • 0
111

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilgi nufuzli musobaqalar natijasida hamyurtimiz Javohir Sindorov, germaniyalik Matias Blyubaum, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa, AQSHlik shaxmatchilar Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura, niderlandiyalik Anish Giri, xitoylik Vey I, rossiyalik Andrey Yesipenko Nomzodlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi joriy yilning 28-mart - 16-aprel kunlari Kiprda bo‘lib o‘tadigan Nomzodlar turnirining ilk juftliklarini e’lon qildi. Ma’lumot o‘rnida keltirish joizki, nomzodlar turniri 8 nafar shaxmatchi ishtirokida aylanma tizimda o‘tkaziladi. Ya’ni, har bir ishtirokchi boshqalar bilan ikki martadan bir marta oq, bir marta qora donalarda kuch sinashadi. Turnir davomida jami 14 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Kiprda bo‘ladigan Nomzodlar turniri yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikka erishgan grossmeyster klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Gukesh bilan chempionlik toji uchun kurash olib borish huquqini qo‘lga kiritadi. FIDЕ tomonidan e’lon qilingan qur’a natijalariga ko‘ra, 1-turda Sindorov Yesipenko, Blyubaum Vey I, Praggnanandxa Giri, Karuana Nakamura ro‘baro‘ kelishi belgilandi.

M. Xolmurotov tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar