Ikki davlat o‘rtasidagi energetik hamkorlik kengaymoqda
O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi. Bu haqdagi navbatdagi shartnoma Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 17-noyabr kuni imzolangan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonning DABS (Da Afghanistan Breshna Sherkat) davlat energetika kompaniyasi rahbari Abdul Bori Umar bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va yangi podstansiyalar bo‘yicha amalga oshирayotgan ishlarning borishini muhokama qildi. Mazkur loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi energiya almashinuvi hajmini oshirishda hal qiluvchi o‘rin tutmoqda.
Muzokaralar yakunida 2026-yilda elektr energiyasi eksporti bo‘yicha rasmiy shartnoma imzolandi. O‘zbekiston tomonidan hujjatga “Uzenergosotish” kompaniyasi boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov имзо чекди.
Afg‘onistonning katta qarzi yopilgandan so‘ng energetik hamkorlik faollashdi
Afg‘онiston сўнгги йилларда электр таъминотида ташқи манбаларга қаттиқ таянади. 2024-yil fevral oyida DABS kompaniyasi Eron, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan импорт қилинган elektr bo‘yicha yig‘ilib qolgan 627 million dollarlik qarzlarini to‘lagan edi. Mazkur to‘lovdan so‘ng mintaqada ko‘p yillik muzokaralar jonlanib, yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlar birin-ketin imzolana boshladi.
O‘tgan yilning dekabrida Afg‘oniston O‘zbekiston bilan elektr yetkazib berish bo‘yicha amaldagi kelishuvni navbatdagi yilga uzaytirdi. Xuddi shunday shartnoma Turkmaniston bilan ham imzolangan.
250 million dollarlik mega-loyihalar: O‘zbekiston Afg‘oniston energetikasiga sarmoya kiritmoqda
Sentyabr oyida esa O‘zbekiston DABS bilan 2027-yil boshigacha mo‘ljallangan yirik moliyaviy paketni kelishdi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Afg‘onistonda 220–500 kV kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalari va zamonaviy podstansiyalar qurish uchun 250 million dollar ajratilishi rejalashtirilgan.
Bundan avval, avgust oyining o‘rtalarida tomonлар 243 million dollarlik to‘rtta yirik shartnoma имзолагандилар. Ушбу лойиҳалар қуйидагиларни ўз ичига олади:
-
500 kV Surxon–Dasht–Alvon elektr uzatish liniyasini 1000 MW quvvatgacha kengaytirish;
-
Arg‘andah podstansiyasini 800 MVA quvvat bilan kengaytirish;
-
Nangarhor viloyatida Shayx Mesri podstansiyasini qurish;
-
220 kV Kobul–Nangarhor (Shayx Mesri) elektr uzatish liniyasini kengaytirish.
Bu loyihalar Afg‘oniston energetika tizimining barqarorligini oshirish, ichki taqsimot tarmog‘ini mustahkamlash va import elektr energiyasini ishonchli qabul qilish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.
Afg‘oniston energiya bozorida O‘zbekiston yetakchi o‘rinda turibdi
Bugungi kunda Afg‘oniston elektr energiyasining qariyb 80 foizini import qiladi. O‘zbekiston esa uning eng yirik yetkazib beruvchisi. Undan keyin Tojikiston, Turkmaniston va Eron keladi.
Shu bilan birga, mintaqadagi energetik tarmoqlar o‘rtasidagi muammolar — infratuzilmaning eskiligi, o‘zaro bog‘langan liniyalarda tez-tez kuzatiladigan uzilishlar va qarz bo‘yicha muzokaralar — ta’minotning barqaror bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Yangi imzolangan shartnomalar esa ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, Afg‘onistonni barqaror elektr bilan ta’minlash va mintaqa energetika tizimining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!