Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi abituriyentlarga ba’zi xorijdagi, jumladан, O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qimaslikni qat’iy tavsiya қилди. Rasmiy ogohlantirishga ko‘ra, bu muassasalar Hindiston tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi.
Tavsiya etilmagan oliygohlar qatorida Toshkent davlat tibbiyot universitetining Chirchiq filiali ham bor. Komissiyaga ko‘ra, bu universitetda zarur klinik va akademik talablar yetarli emas, infratuzilma zaif, talabalar ortiqcha pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda, ayrim holatlarda yolg‘on axborot berilgan va o‘qishni tashlamoqchi bo‘lgan talabalarga bosim o‘tkazilgan.
Avvalroq, Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qiyotgan 21 yoshli hindistonlik talaba ham ta’lim sifati, o‘qituvchilarning ingliz tilini bilmasligi, imtihonlarning oldindan yodlatilishi, yotoqxona va gigiyena sharoitlarining yomonligidan shikoyat qilgan edi.
Tanqidlar ortidan Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov universitetga borib, hindistonlik talabalar bilan uchrashdi. Vazirlikka ko‘ra, talabalar yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirgan. Shundan so‘ng xorijiy talabalar uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha universitet rahbariyatiga topshiriqlar berilgan.