AQSH, Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatganini tasdiqladi.
27 noyabr kuni Isroil vaqti bilan soat 04:00 da Isroil va Hizbulloh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. AQSH, Isroil va Livan rahbarlari sulhni rasman tasdiqladilar:
AQSH prezidenti Bayden o‘z teleko‘rsatuvida Isroil va Hizbulloh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH "Fransiya va boshqa davlatlar bilan birgalikda ushbu bitim to‘liq va samarali amalga oshirilishiga ishonch hosil qilish uchun zarur yordam ko‘rsatadi.
Isroil bosh vaziri kanselyariyasi, shuningdek, xavfsizlik mahkamasi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni 10 ta "yoqlab" va bitta "qarshi" ovoz bilan ma’qullaganini ma’lum qildi (milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir). "Isroil o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni ta’minlash bo‘yicha harakat erkinligini saqlab qoladi," - deyiladi idora rasmiy bayonotida.
Livan Bosh vaziri Mikati o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni olqishlab, Livan hukumatining BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyutsiyasini bajarishga, janubda Livan armiyasining mavjudligini kuchaytirishga va BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) bilan hamkorlik qilishga sodiqligini tasdiqladi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!