Bosh sahifa O'zbekiston 14 yoshida bola elektr stulda o‘ldirilgan. 
O'zbekiston
Jahon

14 yoshida bola elektr stulda o‘ldirilgan. 

  • 23.11.2024 / 20:23
  • 31
  • 0
111

 Sud kunidan to o‘lim kunigacha kichkina bolaning qo‘lida Injil bor edi. Har daqiqada bola o‘zining aybsizligini da’vo qilardi. 
 
  ikki oq tanli qizni o‘ldirishda ayblangan. O‘lganlardan biri Betti, 11 yoshda, ikkinchisi Meri, 7 yoshda edi. Ikki baxtsizning jasadi o‘z uylari yonidan topilgan. 
 
 O‘sha paytdagi barcha sudyalar oq tanli edi. Sud jarayoni atigi 2 soat davom etdi. Sud jarayonidan atigi 10 daqiqa o‘tgach, hukm e’lon qilindi va bolakay o‘lim jazosiga hukm qilinadi Uning ota onasiga o‘lim bilan tahdid qilishadi. Ularga sud zalida o‘g‘liga hech qanday sovg‘a berishga ruxsat berishmagan. Keyinchalik ular shahardan chiqarib yuborilgan. 
 
 Jorj Stinni o‘limidan oldin 81 kun qamoqda o‘tiradi. Bu vaqtda unga hatto ota-onasi bilan uchrashishga ham ruhsat berilmagan. Stini o‘z tug‘ilgan shahridan 80 kilometr uzoqlikdagi bir kishilik kamerada saqlangan. 
 
 Jorj Stinni boshiga 5380 volt elektr toki qo‘llash orqali qatl etilgan. 
 
 Uning o‘limidan 70 yil o‘tgach, Janubiy Karolina sudyasi Jorj Stinni aybsiz deb topdi. Ikki qizni o‘ldirgan temir bo‘lagining og‘irligi 19 kg dan oshiq bo‘lgan ekan. 14 yoshida Stinni uchun bu bo‘lakni ko‘tarishning iloji bo‘lmagan. Bu temir bilan bilan esa yosh bola bo‘lib halokatli zarba berish juda qiyinligi isbotlanadi. 
 
 Stinni butunlay aybsiz bo‘lib chiqadi. Butun sud jarayoni u qora tanli bo‘lgani uchun unga qarshi ishlagan va unga aybdorlik tamgasi yopishtirilgan. 
 
 Ushbu voqeadan ilhomlangan Stiven King o‘zining "Yashil Maskan" (Green mile) kitobini yozgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar