Bosh sahifa O'zbekiston Aripov yana bosh vazir bo‘ladimi?
O'zbekiston
Jahon

Aripov yana bosh vazir bo‘ladimi?

  • 20.11.2024 / 12:49
  • 216
  • 0
111

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida Bosh vazir nomzodi sifatida Abdulla Aripov tavsiya etildi.

 

 

 

 

Uzdiplomat.uzнинг ma’lumot berishicha, Abdulla Aripov 2016 yil dekabridan buyon O‘zbekiston bosh vaziri sifatida ishlab kelmoqda.

 

U 1961 yil 24 may kuni Toshkentda tavallud topgan. 1983 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) muhandis-telekommunikatsiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dots.nt.

 

 

 

 

Faoliyatini 1983 yilda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida elektronika muhandisi sifatida boshlab, 1992-1993 yillarda Aloqa vazirligida bosh mutaxassis bo‘lgan. “O‘zimpeksaloqa” tashqi savdo kompaniyasi direktori o‘rinbosari lavozimida, Aloqa vazirligi qurilish-ta’minot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 1995-1996-yillarda “TashAfinalAL” qo‘shma korxonasiga rahbarlik qilgan.

 

 

 

 

1996-1997-yillarda Aloqa vazirligining xususiylashtirish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Aloqa vazirligi tugatilgandan so‘ng, Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi negizida tashkil etilgan Bozor o‘zgarishlari va qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

 

 

 

 

1997-2000 yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori lavozimida ishlagan. 2000-2001 yillarda – O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, keyinchalik agentlik bosh direktori bo‘lgan.

 

 

 

 

2002 yil Aripov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari kompleksi rahbari etib tayinlangan. Shu bilan birga, 2005-2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga rahbarlik qilgan.

 

 

 

 

2012 yil bosh vazir o‘rinbosari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasiga rahbarlik qilgan. Orada bir muddat tanaffusdan so‘ng yana hukumatga qaytdi, 2016 yil Aripov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksi rahbari etib tayinlandi.

 

 

 

 

2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi (parlamenti) yuqori va quyi palatalari deputatlari qo‘shma majlisda Abdulla Aripovni bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.

 

 

 

 

2020 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) siyosiy kengashi Abdulla Aripov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga taklif qildi. 20 yanvar kuni O‘zbekiston parlamenti har ikki palataning qo‘shma majlisida Abdulla Aripov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.

 

 

 

 

2021 yil Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan bosh vazir Abdulla Aripovni 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, Aripov “Mehnat shuhrati”, Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik”, Tojikistonning II darajali «Ismoili Somoniy» ordeni bilan mukofotlangan.

 

 

 

 

Oilali. Besh nafar qizi bor.

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, Joriy saylovlardan boshlab amalga kiritilayotgan qoidalarga binoan yangi Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasi (ilgari Senat bilan birgalikda) ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun Prezident tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari (ilgari saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan partiya) bilan maslahatlashganidan keyin bir oy muddatda kiritilishi belgilangan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar