AQSHda nashr qilinadigan “Nyu-York tayms” gazetasi muxbiri “Sizni nima g‘azablantirib, g‘ashingizni keltiradi?” degan savolga javob topishga qaror qiladi. Javob anchayin haqiqatga yaqin bo‘lishi uchun turli toifadagi va turli mamlakatlardan kelgan odamlarni savolga tutish maqsadida aeroportga keladi. U qarshisidan chiqqan odamalarga shu savol bilan murojaat qila boshlaydi. Kimdir siyosatchilarning beburdligi, yana kimdir boshlig‘imning malakasizligi, boshqa birov esa xotinim (yoki erim) ning farosatsizligi jahlimni chiqaradi va g‘ashimni keltiradi deb javob beradi.
Yetarlicha javob to‘plamdim deb aeroport chiqishga chog‘lanib turganda, bir chetda xayol surib o‘tirgan Daos monaxiga ko‘zi tushadi va uning yoniga borib o‘sha: “Sizni nima g‘azablantirib, g‘ashingizni keltiradi?” degan savolini beradi. Monax undan: “Siz kimsiz?”deb so‘raydi. Muxbir: “Men “Nyu-York tayms” da ishlaymay deb javob beradi. Monax esa: “bu sizning ish joyingiz, men sizdan “Siz kimsiz?” deb so‘rayapman”-deydi. Yigit “uzr, men jurnalistman”,- deb javob beradi. Monax: “Jurnalist – bu sizning kasbingiz, men sizdan “Siz kimsiz?”, deb so‘rayapman”-deydi. Muxbir yigit ismi va familiyasini aytadi. Monax: “bu sizning rasmiy ismi sharifingiz, men sizdan “Siz kimsiz?” deb so‘rayapman”-deydi. Jahli chiqqan muxbir: “Men erkakman”, deb keskin javob beradi. Monax: “Erkaklik, bu sizning jinsingiz, men esa sizdan “Siz kimsiz?” deb so‘rayapman”-deydi. Shunda toqati toq bo‘lgan muxbir g‘azab aralash: “Bilmayman!”-deb yuboradi. Shundan Monax: “Meni o‘zining kimligini bilmaydiganlar jahlimni chiqarib, g‘ashimni keltiradi”,- deb suhbatga nuqta qo‘yadi.
Jaloliddin Safoyev tarjimasi
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!