Bosh sahifa Jahon Qozoqlar bulutga tuz sepmoqchi
Jahon
Fan-texnika
Eshitdik-da...

Qozoqlar bulutga tuz sepmoqchi

  • 17.08.2026 / 13:53
  • 10208
  • 0
111

 

Qozogʻiston agrosohasida haqiqiy texnologik va innovatsion burilish yuz bermoqda. Animatsion filmlardagi kabi tabiat hodisalarini jilovlash gʻoyasi endi amaliyotga koʻchdi: mamlakatda qurgʻoqchilikni yengish va hosilni asrab qolish maqsadida osmonda sunʼiy yomgʻir hosil qilishga jiddiy kirishdi.

Ushbu noodatiy loyiha markaziga aylangan Turkiston viloyati osmonida maxsus jihozlangan samolyotlar allaqachon 11 ta muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirgan. Hayratlanarlisi shundaki, havodagi bulutlar bagʻriga maxsus tuz aralashmalari sepiladi. Bu reagentlar suv tomchilarini bir nuqtaga toʻplab, ogʻirlik hosil qiladi va natijada yerga sunʼiy yomgʻir yogʻa boshlaydi.

Asosiy maqsad — suvga tashna boʻlib turgan 911 ming gektardan ortiq maydondagi ekinlarni obihayot bilan toʻyintirish va dehqonlar mehnatini zoe ketkazmaslikdir. Bu shunchaki ekologik tajriba emas, balki  iqtisodiy va strategik yurishdir.  Agar ushbu innovatsion yondashuv kutilgan natijalarni bersa, Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi sohasida yiliga 75 million dollargacha sof foyda koʻrishni va hosildorlikni bir necha barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bulutlarga tuz sepish texnologiyasi suv resurslari cheklangan hozirgi davrda qurgʻoqchilikka qarshi eng samarali qurolga aylanishi mumkin.

Agar ushbu samarali usul oʻzini toʻliq oqlasa, Markaziy Osiyo mintaqasida qishloq xoʻjaligini yuritish standartlari tubdan oʻzgaradi. Qozogʻistonlik dehqonlar endi osmonga qarab yomgʻir kutib oʻtirmaydi, balki uni oʻzlari chaqirishadi!

Samandar Pardaboyev tayyorladi.

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar