Bosh sahifa Jahon Homiylar qancha foyda ko‘rdi?
Jahon
Iqtisodiyot
Moliya
Sport

Homiylar qancha foyda ko‘rdi?

  • 11.08.2026 / 11:47
  • 1043
  • 0
111

 

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati nafaqat sport bayrami, balki yirik musobaqaga homiylik qilgan brendlar uchun beqiyos moliyaviy va marketing imkoniyatiga aylandi.

Brand Finance xalqaro konsalting kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, musobaqaga homiylik qilgan brendlar o‘zlarining bozordagi o‘rni, obro‘si va brend qiymatini sezilarli darajada oshirib olishdi. Tahlillarga ko‘ra, musobaqaning 21 ta rasmiy homiysi tomonidan kiritilgan 2,8 milliard dollarlik umumiy sarmoya yakunda qariyb 61 milliard dollarlik biznes qiymatini yaratishga xizmat qildi. Bu esa tikilgan har bir dollar sarmoya o‘zini kamida 22 baravar ko‘p daromad va ommalashuv bilan oqlaganini anglatadi. Homiylarning umumiy brend qiymati o‘sishi 7,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Musobaqaning eng yirik va asosiy g‘olibiga Saudiya Arabistonining neft va gaz giganti Aramco kompaniyasi aylandi. Ushbu brend musobaqa tufayli o‘z qiymatini 1,1 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni AQSHning yirik telekommunikatsiya giganti Verizon egalladi uning brend qiymati 1,0 milliard dollarga o‘sdi. Kuchli uchlikni esa Janubiy Koreyaning mashhur Hyundai avtokonserni yakunlab berdi ($836 million).

Shuningdek, dunyoga mashhur Coca-Cola ($733 mln), Bank of America ($631 mln) va Visa ($532 mln) kabi kompaniyalar ham eng ko‘p manfaat ko‘rgan brendlar qatoridan o‘rin oldi. Foiz hisobidagi o‘sish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni (4,2%) Xitoyning Lenovo kompaniyasi qayd etdi ($295 mln).

Umumiy ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, Amerika va Osiyo qit’asi kompaniyalari Jahon chempionatining global qamrovidan maksimal darajada va samarali foydalanib, dunyo bozoridagi o‘z mavqeini yanada mustahkamlab olishdi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar