Bosh sahifa O'zbekiston Jinoyatga jazo muqarrar
O'zbekiston
Jahon
Jamiyat
Huquq

Jinoyatga jazo muqarrar

  • 10.08.2026 / 13:10
  • 2544
  • 0
111


Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan bir guruh fuqarolar Rossiya Federatsiyasida yashirin radikal guruh tuzib, Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgani fosh etildi.

Guruh faoliyati 2023 yilda Mahachqala shahrida mavsumiy ishda bo‘lgan sariosiyolik yigit hamda uning “Muhammad” laqabli tengdoshi tomonidan tashkil etilgan. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali radikal mazmundagi videolarni tomosha qilib, keyinchalik saflariga yana bir mahalladoshini jalb qilishgan. Suriyaga borish xarajatlari uchun guruh a’zolaridan biri Rossiyada ishlayotgan oila a’zolarining jamg‘arilgan pulini ruxsatsiz olgani ma’lum bo’lgan.

Guruhning “Mahachqala – Moskva – Istanbul – Suriya” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanish rejasi Moskvada kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sababli barbod bo‘lgan. Shundan so‘ng guruh yetakchisi Qozon shahrida qotillik sodir etib, RFda jinoiy javobgarlikka tortilgan. O‘zbekistonga deportatsiya qilingan 2005 yilda tug‘ilgan a’zosi esa Jinoyat kodeksining 244-1 va 244-2-moddalari bilan ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shunga qaramay, Mahachqaladagi 1999 va 2001 yillarda tug‘ilgan ikki nafar sariosiyolik shaxs guruh faoliyatini davom ettirgan. Ular terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilish hamda mahalliy huquq-tartibot xodimlariga qarshi jinoiy harakatlar sodir etishni rejalashtirishgan. Shuningdek, Sariosiyoda yashayotgan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaroni ham tarmoq orqali guruhga a’zo qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi hukmiga ko‘ra, guruhning 4 nafar a’zosi Jinoyat kodeksining 155-2, 244-1 va 244-2-moddalari bilan aybli deb topildi va ularning har biriga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar