O‘zbekistonda elektromobil minish orzusida yurganlar uchun ajoyib xushxabar bor, chunki endi elektromobil xarid qilish ancha arzonroq va qulayroq bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining yangi qaror loyihasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab aholiga ajratiladigan avtokredit foizlarining bir qismini davlat o‘z zimmasiga oladi. Yangi moliyaviy mehanizm ham ekologik toza transportga bo‘lgan talabni oshirishga, ham hamyonga tushadigan moliyaviy yukni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Kredit shartlari va limitlar
Banklar tomonidan birlamchi bozordan elektromobil sotib olish uchun 300 million so‘mgacha avtokredit ajratiladi. Bunda xarid qilinayotgan avtomashina qiymati BHMning 1000 baravaridan oshmasligi lozim. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam dastlabki ikki yil davomida amalda bo‘ladi. Kompensatsiya kredit stavkasining 16 foizdan yuqori bo‘lgan, ammo 8 foiz bandidan oshmaydigan qismiga tatbiq etiladi.
1. Agar bank krediti 20 foiz bo‘lsa, 16 foizdan oshgan 4 foizini davlat to‘laydi.
2. Agar stavka 25 foiz bo‘lsa, maksimal cheklov bo‘yicha 8 foizlik qismi qoplab beriladi.
Kimlar va qaysi mashinalar uchun beriladi
Imtiyozdan foydalanish uchun bir nechta oddiy talablar mavjud.
1. Qarz oluvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi va bankda to‘lovga layoqatli deb topilishi hamda muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi kerak.
2. Kredit milliy valyutada rasmiylashtirilishi zarur.
3. Mobil vosita faqat elektr dvigatelida harakatlanadigan M1 kategoriyasi va birlamchi bozordan xarid qilinadigan bo‘lishi shart.
Pullar qanday ajratiladi
Subsiya mablag‘lari fuqaroning qo‘liga naqd pul shaklida berilmaydi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ajratilgan kompensatsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankdagi hisobvaraqqa o‘tkazadi, bank esa uni kredit foizini yopishga yo‘naltiradi. Agar qarz oluvchi to‘lovlarni uch oy ketma-ket kechiktirsa yoki sohta hujjatlar aniqlansa, kompensatsiya to‘xtatiladi. Mazkur mehanizm 2026-yilda mezonning qo‘shimcha manbalari, kelgusi yillarda esa Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!