Bosh sahifa Jahon Ronalduning soch turmagi ortidagi sir
Jahon
Sport

Ronalduning soch turmagi ortidagi sir

  • 07.08.2026 / 10:19
  • 1232
  • 0
111
Ispaniyalik Erik Ortiz Kruz miyaning kamyob kasalligi bilan tug‘ilgan bo‘lib, kuniga 30 martagacha tutqanoq (sudorogi) azobini chekardi. Bolakayni saqlab qolish uchun zudlik bilan murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak, ammo operatsiya narxi oddiy oila uchun qo‘l yetmas darajada yani 83 000 dollar edi.
 
Chorasiz qolgan oila a’zolari xayriya auksioni tashkil qilib, pul yig‘ish ilinjida futbol yulduzi Krishtianu Ronalduga xat yozishadi. Ular futbolchidan faqatgina auksionda sotish uchun dastxat qo‘yilgan bitta futbolka va butsa so‘rashgan edi, xolos. Biroq, Ronaldu bu xatni o‘qigach, shunchaki sport kiyimlarini yuborish bilan cheklanib qolmadi. U go‘dakning ahvoli naqadar og‘irligini yurakdan his qilib, hech qanday reklama va shov-shuvlarsiz, operatsiyaning barcha xarajatlarini to‘liq o‘z cho‘ntagidan to‘lab berdi.
 
Ronaldu o‘sha yili bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida  maydonga boshining yon tomoniga «zigzag» shaklidagi chiziq tushirib chiqdi. Ko‘pchilik buni shunchaki moda deb o‘yladi, biroq bu chiziq operatsiyadan keyin kichkina Erikning boshida qolgan jarrohlik shramining aynan o‘zi edi. Dunyo yulduzi shu yo‘l bilan hayot uchun kurashayotgan mitti qalbga o‘z hamdardligini bildirgan edi.
 
Bu voqea bizga chinkam qahramonlik va buyuklik maydondagi urilgan gollar yoki millionlab boyliklarda emas, balki muhtoj bo‘lgan begona bir go‘dakka uzatilgan xolis yordam ortida ekanligini isbotlaydi.
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar