O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish tarmog‘i so’ngi yillarda rivojlanib, mahalliy xizmat ko‘rsatish sohasining eng serdaromad yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.
Mamlakatda iste’mol faolligining ortishi hamda aholining kafe va restoranlarda ovqatlanish odati tobora ommalashib borayotgani fonida ushbu bozorda moliyaviy aylanmalar hajmi ham sezilarli darajada kengaymoqda. Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi hisobotlari sohadagi ijobiy dinamika va yuqori ko‘rsatkichlarni yaqqol tasdiqladi. Xususan, 2026-yilning dastlabki olti oyi davomida mamlakatimizdagi kafe, restoran va boshqa ovqatlanish shoxobchalarining umumiy savdo aylanmasi yo’qori darajadagi 126,8 trillion so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,1 foizlik barqaror o‘sishni qayd etdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aholi daromadlarining ortishi, shaharsozlik va infratuzilmaning rivojlanishi hamda ichki va tashqi turizmning ommalashuvi ushbu sohada tushumlarning keskin ko‘payishiga asosiy omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga, bozorda sog‘lom raqobat muhiti va tadbirkorlik faolligi ham jadallashmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 29 204 ta umumiy ovqatlanish maskani faol ish olib bormoqda. Yangi zomon talablariga javob beradigan maskanlarning ochilishi, xizmat ko‘rsatish sifati va menyu rang-barangligining oshishi sohaning umumiy iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!