Ukraina dronining Kaspiy dengizida joylashgan Eron kemasiga bergan kutilmagan zarbasi ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlikni eng yuqori nuqtaga olib chiqdi. Hujum oqibatida 1 nafar eronlik dengizchi halok bo‘ldi, yana 3 kishi og‘ir jarohatlandi hamda 1 ta savdo kemasiga jiddiy zarar yetgan.
Kiyev bu harakatni Rossiya armiyasining logistik tarmog‘ini izdan chiqarish deb tushuntirgan bo‘lsa ham, Tehron buni o‘z suverenitetiga qilingan bevosita tajovuz sifatida qabul qilgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi ushbu holatni hech qachon javobsiz qolmasligini ta’kidlagan bo‘lsada, ammo xalqaro siyosiy tahlilchilarning fikricha, Tehron o‘zi uchun ortiqcha sanksiyalar va ochiq urush xavfini tug‘dirmaslik uchun 3 ta asosiy yashirin ssenariy orqali qarshi zarba berishni rejalashtirmoqda.
Birinchi ssenariy bo‘yicha uchinchi mamlakat hududida Ukraina manfaatlariga, kemalariga yoki fuqarolariga qarshi yashirin maxsus operatsiyalar uyushtirilishi mumkin.
Ikkinchi ssenariyga ko‘ra Ukrainaning energetika, bank va mudofaa tizimlariga Eronga aloqador bo‘lgan 100 dan ortiq xakerlik guruhlari orqali keng ko‘lamli kiberhujumlar uyushtirish xavfi mavjud. Bu usul ochiq urush e’lon qilmay turib, raqib infratuzilmasini falaj qilish imkonini beradi.
Uchinchi va eng ehtimoliy ssenariy esa Rossiyaga berilayotgan harbiy yordam ko‘lamini 2 barobarga oshirishdan iborat. Tehron frontga zarur bo‘lgan zamonaviy dronlar, raketa qismlari hamda radioelektron tizimlarini yetkazib berishni ko‘paytiradi.
Ushbu strategik qadamlar Eron ochiq to‘qnashuvga kirmasdan turib, Kiyevga uzoq muddatli va juda og‘riqli zarba berish imkonini yaratadi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!