Bosh sahifa O'zbekiston Eng yuqori va eng past maoshlar
O'zbekiston
Jamiyat

Eng yuqori va eng past maoshlar

  • 30.07.2026 / 15:18
  • 1365
  • 0
111
O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-iyun oylarida sohalar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdorlari rasman ma’lum qilindi.
 
Statistika agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda eng yuqori ko‘rsatkichlar moliya va texnologiyalar yo‘nalishlarida qayd etilgan. Jumladan, bank faoliyati, sug‘urta hamda lizing sohasida o‘rtacha oylik maosh eng yuqori cho‘qqini band etib, naq 19,1 million so‘mni tashkil etdi.
 
Shuningdek, axborot texnologiyalari va aloqa sohasi ham bu borada katta ko‘rsatkich bilan oldingi o‘rinlarda bormoqda bu tarmoqda o‘rtacha ish haqi 17,4 million so‘mdan oshgan. Tashish va saqlash sohasida esa ko‘rsatkich 11 million so‘mga yetgan. Biroq, ro‘yxatning boshqa bir qismida, afsuski, ijtimoiy soha xodimlarining daromadlari hamon eng quyi pog‘onalarda qolmoqda. Xususan, aholiga xizmat ko‘rsatishning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy xizmatlar sohasida o‘rtacha oylik 4,4 million so‘mni tashkil qilib, ro‘yxatning eng oxirgi o‘rinini egalladi.
 
Shuningdek, yosh avlodga ta’lim berib kelayotgan muhim soha ta’lim tizimida ham o‘rtacha maosh 4,9 million so‘m atrofida ekanligi qayd etildi. Umumiy hisobda, mamlakat bo‘ylab turli faoliyat turlari o‘rtasidagi oylik ish haqi farqlari yaqqol sezilib turibdi.
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar