Bosh sahifa O'zbekiston Toshkentda yirik miqdordagi poraxo‘rlik fosh etildi
O'zbekiston
Jamiyat

Toshkentda yirik miqdordagi poraxo‘rlik fosh etildi

  • 29.07.2026 / 23:07
  • 1689
  • 0
111

 

Mo‘may daromad ilinjida qonunni chetlab o‘tmoqchi bo‘lganlar yana bir bor huquqni muhofaza qiluvchi organlar nishoniga tushdi.

Toshkent shahrida tadbirkorga millionlab kredit olib berish evaziga 420 ming dollar talab qilgan shaxslarning qallobligi fosh etildi. ​Ma’lum bo‘lishicha, bank xizmatlari markazi yuristi va uning sherigi tadbirkorlik boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroga ishonchga kirib, uning nomiga 3,5 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan. Ammo bu "xolis" yordamning narxi o‘ta qimmatga tushib, umumiy summaning 12 foizini tashkil qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxslar talab qilingan puldan 50 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar