Bosh sahifa O'zbekiston Qog‘ozbozlik emas, amaliy nazorat vaqti keldi
O'zbekiston
Jamiyat

Qog‘ozbozlik emas, amaliy nazorat vaqti keldi

  • 27.07.2026 / 15:06
  • 2053
  • 0
111

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida 2026 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilib, sohadagi davlat nazorati natijalari har tomonlama tahlil qilindi.

Hisobot davrida hududiy inspeksiyalar tomonidan 27 677 ta qurilish obyekti nazoratga olinib, 195 108 marta monitoring o‘tkazildi. Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida 129 mingga yaqin majburiy yozma ko‘rsatma berilib, muddatida bajarilmagani uchun 2 mingdan ortiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, qurilish normalari buzilgan 1 813 ta qoidabuzarlik buzdirish orqali bartaraf etildi. Ko‘p kvartirali uy-joy fondini o‘rganish jarayonida 14 980 ta uy ko‘zdan kechirilib, qariyb 6 mingta kamchilik aniqlandi va tegishli choralar ko‘rildi.

Ichimlik suvi hamda oqova suv tarmoqlaridan foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlarda 3 178 ta noqonuniy ulanish fosh etildi. Jumladan, 2 505 ta ichimlik suvi, 366 ta oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar hamda 307 ta hisoblagich tamg‘alari buzilgani aniqlanib, ta’minot tashkilotlari foydasiga 19,8 milliard so‘m qo‘shimcha to‘lov hisoblandi. Muhokama chog‘ida ayrim hududiy inspeksiyalarda vazifalar talab darajasida bajarilmagani keskin tanqid qilindi. Xususan, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan Andijon viloyati hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi, shuningdek, bir qator rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

Yig‘ilish yakunida nazorat samaradorligini oshirish, raqamli mexanizmlarni joriy etish va har bir yo‘nalish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan Hay’atning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar