Bosh sahifa Jahon Kukurelyaning uzun sochi ortidagi siri
Jahon
Sport

Kukurelyaning uzun sochi ortidagi siri

  • 24.07.2026 / 14:55
  • 7827
  • 0
111

 

Ispaniya terma jamoasi a’zosi va “Real Madrid” klubi himoyachisi Mark Kukurelyaning maydondagi ajralib turuvchi uzun, jingalak sochi shunchaki urf yoki shaxsiy uslub emas. Ushbu mashhur obraz ortida bir otaning o‘z farzandiga bo‘lgan cheksiz va samimiy mehr-muhabbati yotadi.

Ushbu ta’sirli voqea futbolchining to‘ng‘ich o‘g‘lisi Mateo bilan bog‘liq. Kichkintoy Mateoga shifokorlar tomonidan autizm sindromi tashxisi qo‘yilgan. Barchamizga ma’lumki, autizmga chalingan bolalar uchun shovqinli, odamlar gavjum joyda bitta insonni tanib olish juda qiyin kechadi. Shu sababli Mark futbol maydonidagi 22 nafar o‘yinchi orasidan o‘g‘li uni 1 soniyada osongina ajratib olishi va xotirasida saqlab qolishi uchun sochini kestirmasdan uzun holda o‘stirishga qaror qilgan.

Ota-onalik mas’uliyati futbolchining faoliyatidagi har bir muhim qarorga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda. Kukurelya va uning oilasi yangi jamoa yoki shahar tanlashda birinchi navbatda o‘z karyerasini emas, balki farzandi uchun zaruriy sharoitlarni 1-o‘ringa qo‘yadi. Har safar yangi takliflar ko‘rib chiqilayotganda, o‘sha hududda Mateo uchun mos keladigan maxsus maktablar hamda sifatli terapiya markazlari borligi eng asosiy shart qilib belgilanadi.

Oilaning Londondan Madridga ko‘chib o‘tish haqidagi yangi rejasi ham aynan kichik Mateoning ta’limi va uning kelajagi uchun qulay muhit yaratish bilan bog‘liq. Mark Kukurelyaning ushbu fidokorona harakati millionlab ishqibozlar qalbida chuqur hurmat uyg‘otdi. Bu voqea haqiqiy baxt va muvaffaqiyat millionlab dollarlik shartnomalarda emas, balki yaqinlarimizning salomatligi va ularga ko‘rsatilgan e’tiborda ekanligini yana bir bor isbotlaydi. 

Maftuna Muhiddinova tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar