Amerikaning CNN telekanali AQSH tarixidagi eng shov-shuvli jinoyatlardan biri — Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha navbatdagi og‘riqli haqiqatni oshkor qildi. Epshteynning jinsiy zo‘ravonliklaridan aziyat chekkan o‘zbekistonlik model Roza Gilles ilk bor kamera qarshisida o‘z boshidan kechirgan ko‘rgiliklari haqida ochiqdan-ochiq so‘zlab berdi.
Rozaning aytishicha, u 18 yoshida modellar dunyosiga endigina qadam qo‘yganida, o‘zi bilmagan holda Epshteyn atrofidagi xavfli muhitga tushib qolgan. O‘shanda yosh va sodda bo‘lgani bois, atrofida sodir bo‘layotgan zo‘ravonliklarni darrov anglab yetolmagan. Ammo bu ruhiy jarohat uning keyingi butun hayotiga uzoq yillar davomida og‘ir soya solgan.
Intervyuda model nega shuncha vaqt jim yashaganini shunday izohladi: «Ichimni yillar davomida qo‘rquv, uyat va aybdorlik hissi kemirdi. Lekin endi haqiqatni aytadigan vaqt keldi. Agar mening hikoyam loaqal bir kishiga sukutni buzishga kuch bag‘ishlasa, demak, hammasi bejiz emas».
Sud hujjatlarida O‘zbekistondan chiqqan yana bir nechta ayollarning nomi qayd etilgan. Biroq ularning aksariyati qo‘rquv sabab hanuzgacha jimlikni afzal ko‘rmoqda.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!