Bosh sahifa Jahon Og‘riqli final: Tarix takrorlandi...
Jahon
Sport

Og‘riqli final: Tarix takrorlandi...

  • 21.07.2026 / 22:07
  • 1384
  • 0
111
 
2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvida Argentina hamda Ispaniya milliy terma jamoalari bosh sovrin uchun shiddatli jang olib borishganining guvohi bo‘ldik.
 
Yashil maydonda kechgan murosasiz bahsda har ikki jamoa ham adrenalinga boy o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinning eng hayajonli va asablarni taranglashtirgan pallasi qo‘shib berilgan daqiqalar bo‘ldi. Har ikki terma jamoasining muxlislari yurak hovuchlab turgan bir payt o‘yinning 90(+3) daqiqasida Ferran Torresning yo‘llagan zarbasi Argentina darvozasini ishg‘ol etdi...
 
Ispaniya – Argentina 1:0...
 
Bu mag‘lubiyat Argentina futboli tarixi sahifalarida o‘tmishdagi og‘riqli va qayg‘uli ssenariyni qayta gavdalantirdi. Xuddi 2014 yilgi mundialda Braziliya maydonlarida bo‘lib o‘tganidek. O‘shanda ham argentinaliklar Germaniyaga qarshi kechgan final bahsida hakam tomonidan qo‘shib berilgan 90(+6) daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishgandi. Joriy JCHdagi mag‘lubiyatdan keyin Messining jamoasi kumush medalni qabul qildi va ko‘zda yosh bilan chempionlik maqomini tark etdi.
 
Bir so‘z bilan aytganda ushbu mundial yakuni Ispaniya terma jamoasiga ikkinchi marta Jahon chempioni nomini bergan bo‘lsa, argentinalik futbolchilarga esa 12 yil avvalgi achchiq xotiralarni uyg‘otdi.
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar