Bosh sahifa Jahon Vikinglar “yetdim deganda yiqilishdi”
Jahon

Vikinglar “yetdim deganda yiqilishdi”

  • 14.07.2026 / 15:31
  • 1659
  • 0
111
Mundial chorak finalidagi bahslar shiddati millionlab futbol muxlislariga unutilmas lahzalarni ulashishda davom etyapti. Afsuski, har bir o‘yinda o‘ziga xos uslub bilan ishqibozlar ko‘nglidan joy olgan Norvegiya terma jamoasi bu gal mundialda chinakam sensatsiya qayd etishga juda yaqin kelgandi-ya.
 
Uchrashuvning asosiy vaqti tugab, hakam tomonidan qo‘shib berilgan 94-daqiqada o‘tkazib yuborilgan so‘nggi soniyalardagi gol sabab Norvegiya 1-2 hisobida imkoniyatni boy berdi va chempionlik orzulari bilan xayrlashdi. Norvegiya uchrashuvning birinchi bo‘limida 1-0 hisobida oldinda borayotgan va o‘yin tizginini to‘liq nazorat qilayotgan pallada, uchrashuv taqdirini butunlay o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan eng hayajonli vaziyat yuzaga keldi. O‘yinning 38-daqiqasida Aleksandr Sorlot tezkor qarshi hujumda raqib himoyasini parchalab, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. O‘sha soniyalarda uning yonida, bo‘sh qolgan darvoza ro‘parasida gol urishga mutlaqo tayyor turgan Erling Holand bor edi. Biroq Sorlot sherigiga golli uzatma berish o‘rniga, vaziyatni o‘zi yakunlashga urindi va to‘pni darvoza to‘sinidan balandga otib, oltinga teng imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Shu tariqa bahs shimolliklar uchun kutilmaganda alamli yakun topdi. Futbol tahlilchilarining fikricha, agar o‘sha vaziyatda to‘p aniq qilib Holandga oshirilganida, hisob 2-0 ko‘rinishiga kelar va ruhan singan inglizlarning qayta tiklanishi imkonsiz bo‘lib, Norvegiya o‘z tarixida ilk bor yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Ushbu kutilmagan mag‘lubiyat futbol olamidagi eng yorqin superyulduz Erling Holand faoliyatiga nuqta qo‘ydi. U o‘zining qisqa faoliyati davomida “Manchester Siti” safida Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan hamda Angliya Premer-ligasida bor-yo‘g‘i bitta mavsumda 36 ta gol urib, turnir tarixidagi yangi rekordni o‘rnatgan futbolchi hisoblanadi.
 
Yevropaning ikki karra “Oltin butsa” sohibi bo‘lgan bu hujumchi Norvegiya safida jami 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 62 bor ishg‘ol etgan. JCH 2026 musobaqasining o‘zida ham u atigi 4 ta shiddatli bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol yo‘lladi va turnir to‘purarlari ro‘yxatida yaqqol yetakchiga aylandi. Holandni turnirni tark etishi mundial jozibasini sezilarli darajada kamaytirib yuborgani ayni haqiqatdir. Futbol tahlilchilari va so‘nggi statistik ma’lumotlar Erling Holandning ushbu turnirdagi ta’sir kuchini yanada chuqurroq ochib beradi. Uning 4 ta o‘yindagi 7 ta goli Norvegiya terma jamoasi tarixidagi eng yuqori samaradorlik hisoblanadi. Ushbu raqamlar Holand nafaqat klub darajasida, balki terma jamoa safida ham dunyoning eng yaxshi hujumchisi ekanligini tasdiqlaydi. Muxlislar va mutaxassislar hujumchini mundialni erta tark etganidan chuqur qayg‘uda ekanliklarini bildirishmoqda, chunki superyulduz ishtirokidagi har bir daqiqa tomoshabinlarga haqiqiy futbol jozibasini taqdim etayotgan edi. Mag‘lubiyat qanchalik alamli bo‘lmasin, Erling Holand o‘zining hayratlanarli statistikasi va o‘zgacha o‘yin uslubi bilan ushbu turnir tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
 
Samandar Pardaboyev tayyorladi.
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar