Bosh sahifa O'zbekiston Salomatlik uchun to‘g‘ri go‘sht tanlang
O'zbekiston
Moliya

Salomatlik uchun to‘g‘ri go‘sht tanlang

  • 02.07.2026 / 07:07
  • 1176
  • 0
111
 
​Mutaxassis fikricha, hozirgi kunda ko‘plab xaridorlar go‘sht mahsulotlarini tanlashda jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishmoqda.
 
Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlarning qariyb 70 foizi bozorga borganda faqat lahm, ya’ni yog‘siz go‘sht qismlarini olishga harakat qiladi. Biroq, 15 yillik tajribaga ega qassoblarning ta’kidlashicha, bunday yondashuv organizm uchun yetarlicha foyda bermasligi mumkin. ​Ko‘pchilik odamlarda kuzatilayotgan kalsiy yetishmovchiligi, tish emalining zaiflashishi, soch ildizlarining kuchsizlanishi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar aynan suyakli go‘shtni ratsiondan chiqarib tashlash oqibatida yuzaga keladi. Lahm go‘shtda oqsil ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo suyak va paylar tarkibida organizm uchun o‘ta muhim bo‘lgan kalsiy, fosfor va tabiiy kollagen kabi moddalar mavjud.
 
​Salomatlikni asrash hamda organizmni kerakli mikroelementlar bilan ta’minlash uchun haftada kamida bir yoki ikki marta suyakli sho‘rva iste’mol qilish tavsiya etiladi. Suyakli go‘sht nafaqat tananing qurilish materiali hisoblangan oqsillarni beradi, balki iqtisodiy jihatdan ham hamyonbop hisoblanadi, chunki uning narxi lahm go‘shtga qaraganda ancha arzon. Shu sababli, oshxonada tayyorlanadigan taomlarning tarkibiga suyakli sho‘rvalarni kiritish nafaqat mazali, balki salomatlik uchun ham juda foydali odatga aylanishi kerak.
 
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, faqat lahm go‘sht emas, balki suyakli sho‘rvalarni ham muntazam iste’mol qilish salomatlikni yanada mustahkamlaydi.
 
Samandar Pardaboyev tayyorladi.
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar