Bosh sahifa Jahon Vinisius buvisining videosini ko‘rib yig‘lab yubordi
Jahon

Vinisius buvisining videosini ko‘rib yig‘lab yubordi

  • 30.06.2026 / 08:17
  • 4397
  • 0
111
Maydonda o‘zining tezkor harakatlari va raqib himoyachilarini dog‘da qoldirishi bilan tanilgan, transfer bahosi 170 million yevrodan oshuvchi «Real Madrid» va Braziliya terma jamoasi yulduzi Vinisius Junior bu safar o‘z tuyg‘ularini yashira olmadi.
 
Jahon chempionatining 1/16 finalidagi Yaponiyaga qarshi o‘ta muhim bahs oldidan futbolchiga kutilmagan sovg‘a tayyorlandi. Unga buvisining ta’sirli videomurojaati ko‘rsatilganda, dunyoning eng qimmatbaho hujumchilaridan biri ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi. Katta pullar, mashhurlik va 80 000 dan ortiq stadiondagi muxlislar olqishi ortida qanday mashaqqatli yo‘l yotganini Vinisiusning o‘zi shunday xotirlaydi: "Buvim meni futbolchi bo‘lishim va oyoqqa turib ketishim uchun hayotidagi bor narsasini fido qilgan. Bolaligimizda sharoitimiz juda og‘ir edi, judayam kichkina uyda yashardik. Shu sababli men hatto 16 yoshimga qadar buvim bilan bir joyda uxlardim. U mening taqdirimni, butun hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi“. Millionlab insonlarning yoqimtoyiga aylangan futbolchi bugungi kunda oilaning qadri nechog‘li baland ekanini yaxshi anglaydi. U har bir bo‘sh soniyasida, imkoniyat tug‘ilishi bilan buvisining yoniga shoshiladi. Chunki vaqt g‘animatligini va bir kun kelib biz yaxshi ko‘rgan insonlar yonimizda bo‘lmasligini yurakdan his qiladi.
 
Ushbu ta’sirli lahzalar Vinisius uchun nafaqat maydonda 100 foizlik kuch bilan harakat qilishga motivatsiya beradi, balki uning orzulari ortida turgan buyuk insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat belgisidir. Oilaning qo‘llab-quvvatlashi har qanday oltin to‘pdan va kuboklardan ustun ekanligini ushbu voqea yana bir bor isbotladi.
 
 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar