Mashhur astrofizik Stiven Xokingning o‘limidan oldin o‘z kompyuterida qoldirgan yashirin xatlari va raqamli vasiyati kosmik tadqiqotlar doirasida misli ko‘rilmagan eng daxshatli sensatsiyani keltirib chiqardi! “ResearchGate” portalida e’lon qilingan ilmiy tahlillarga ko‘ra, olim insoniyat koinotga faol radio signallar yuborishni zudlik bilan to‘xtatishi kerakligi haqida qat’iy ogohlantirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Xoking hayotining so‘nggi yillarida yulduzlardan kelayotgan signallarni tinglashga mo‘ljallangan "Breakthrough Listen" global loyihasini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, o‘zga sayyoraliklarga javob qaytarish g‘oyasiga qarshi chiqqan. U o‘z kompyuterida qoldirgan maxfiy matnda, koinotda bizdan milliardlab yillar oldinga o‘tib ketgan texnologik jihatdan o‘ta rivojlangan sivilizatsiyalar mavjudligini matematik hisob-kitoblar bilan isbotlagan. Olim ushbu ogohlantirish xatida eng yuqori 100 foizlik ehtimollik bilan insoniyat va o‘zga sayyoraliklarning birinchi to‘qnashuvi fojiaviy yakunlanishini ta’kidlagan.
Xoking buni tarixiy faktlar bilan jonlantirib, shunday yozgan: "Agar ilg‘or begona sivilizatsiyalar Yerga tashrif buyurishsa, bu Xristofor Kolumbning Amerikaga kelishiga o‘xshaydi. Bu esa mahalliy indeyslar uchun juda yomon yakunlangan edi". Olimning tahliliga ko‘ra, koinotdagi ko‘chmanchi yuqori intellektli mavjudotlar o‘z sayyoralaridagi resurslarni to‘liq tugatib, yangi koloniyalar qidirish maqsadida koinot bo‘ylab kezib yuradi. Ular uchun insoniyat oddiy bakteriyalar yoki chumolilardek gap bo‘lib qoladi. Shuning uchun Xoking sivilizatsiyamiz fosh bo‘lmasligi uchun chuqur jimjitlik saqlashni — "Qorong‘u o‘rmon" (Dark Forest) strategiyasini taklif qilgan. Bugun esa ushbu maxfiy vasiyat kosmik agentliklar va xalqaro olimlar uchun eng ko‘p o‘qilayotgan muhim ilmiy haqiqatga aylandi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!