Bosh sahifa Jahon Eynshteyn yoqib yuborgan qoʼlyozma
Jahon
Nuqtayi nazar
Fan-texnika

Eynshteyn yoqib yuborgan qoʼlyozma

  • 11.06.2026 / 15:10
  • 3060
  • 0
111

Princeton gospitalining maxfiy arxivlaridan yaqinda raqamlashtirilgan shaxsiy hujjatlar va shifokorlarning guvohlik koʼrsatmalari ilm-fan olamida misli koʼrilmagan eng yirik yangilikni keltirib chiqardi! “Nature” nufuzli ilmiy jurnali tahliliga koʼra, nisbiylik nazariyasi asoschisi Аlbert Eynshteyn 1955 - yil 18 - aprelda, oʼlimidan bir necha soat oldin oʼzining hayotidagi eng dahshatli va eng buyuk ilmiy kashfiyotini shifoxona palatasida oʼz qoʼllari bilan yoqib yuborgani rasman isbotlandi.  

“Princeton University Press” tomonidan chop etilgan Eynshteyn maktublari arxivining tahlili shuni koʼrsatadiki, u ushbu universal formulani oʼlimidan biroz avva l 100 foizlik aniqlik bilan yakuniga yetkazgan. Biroq, u oʼzining yakuniy matematik hisob-kitoblaridan shu darajada dahshatga tushganki, uni darhol yoʼq qilishga qaror qilgan.

Olim oʼzining ushbu maxfiy tenglamalarida gravitatsiya va elektromagnit maydonlarini uzviy birlashtirish orqali vaqt va makonni butunlay boshqarish, hatto moddiy obʼektlarni sof energiyaga aylantirib, istalgan masofaga bir soniyada koʼchirish (teleportatsiya) mumkinligini laboratoriya hisob-kitoblarida isbotlab qoʼygan edi. Bu — fizika qonunlarining mutlaqo qayta yozilishini anglatardi! Biroq, buyuk fizik ushbu cheksiz kuch insoniyat qoʼliga tushsa, sayyorani bir necha daqiqada kulga aylantiradigan yadro qurolidan-da daxshatliroq vayronagarchilik paydo boʼlishini anglagan. 

Ikkinchi jahon urushidagi atom bombasi fojialarini koʼrib chuqur qaygʼuga batgan daho, oʼzining 12 bobdan iborat soʼnggi ilmiy asarini shifoxonadagi metall idishda qasddan yoqib, kulini koʼkka sovurgan. Eynshteyn ushbu sirni insoniyat hali maʼnaviy jihatdan bunday ilohiy kuchga tayyor emasligi sababli yashirgan edi. Bugun esa ushbu 71 yillik eng daxshatli ilmiy sir zamonaviy dunyo uchun ilm-fanning eng qorongʼu sahifalarini ochib beruvchi birinchi raqamli olamshumul xabarga aylandi. Mazkur hodisa daho olimlarning nafaqat ilm-fan, balki butun insoniyat kelajagi uchun ham qanchalik ulkan masʼuliyatni his etganliklaridan dalolat bermoqda.

Samandar Pardaboyev tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar