Mundial yaqinlashgani sari qaysi jamoa guruhdan chiqadiyu, qay biriga bunday omad nasib qilmasligi haqida turli bashoratlar qilinyapti.
Xususan, “Futbol Meyets Data” statistik agentligi “Oq bo‘rilar”ning guruh bosqichidan chiqib ketishini
prognoz qilibdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston ham shular qatorida, oldinga chiqish imkoniyati 31,8 foiz, Iroq (15,4%), Gaiti (15,6%), Kyurasao (19,4%), Iordaniya (20,9%) va Panama (27,3%). Shuningdek, guruh bosqichida mag‘lub bo‘lish ehtimoli yuqori o‘ntalikka Tunis (35,8%), Saudiya Arabistoni (35,9%), Kabo-Verde (36,4%) va Qatar (39,8%) kiradi.
Tahlilchilar o‘z prognozlarini jamoada bu darajada raqobatlashish tajribasi yo‘q, ya’ni o‘zlarini yetarlicha ko‘rsata olmasliklari mumkinligi bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2026- yilgi Jahon chempionati saralashi boshlanganda ham, hatto 2024-yilning o‘rtalarigacha O‘zbekiston Mundialga chiqolmaydi deb hisoblagan tahlilchilar ko‘p bo‘ldi. Chunki guruhda Eron, BAA va Qatar kabi kuchli raqiblar bor edi. Shu bois, ko‘p prognozlarda “Oq bo‘rilar” 2–4-o‘rinlar uchun kurashadi, deb baholangan. Biroq keyin vaziyat o‘zgardi. Jamoa saralash bosqichini juda yaxshi o‘tkazdi.
Bashoratchilarni hayratda qoldirib, 2025-yilning iyunida o‘zbek futboli tarixida birinchi marta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Demak, "Jo‘jani kuzda sanaymiz" ekanda...
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!