Qozog‘istonning Qostanay viloyatida Vladimir Shremf texnik xato tufayli vafot etgan deb ro‘yxatga olindi. Bu haqda “31.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u onasining vafotiga oid hujjatlarni rasmiylashtirayotganda tibbiyot xodimi tomonidan kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumot sabab uning o‘zi “o‘lgan” sifatida tizimga tushib qolgan.
Oqibatda Shremf 9 kun davomida “mavjud bo‘lmagan” shaxsga aylanib, ishga joylasha olmagan, haydovchilik huquqi bekor qilingan va bank hisoblari bloklangan.
Keyinchalik ma’lumotlar to‘g‘rilanib, uning tirik ekani tasdiqlandi. Erkak endilikda yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun shifoxonadan tovon undirishni rejalashtirmoqda.
Shifoxona ma’muriyati xatoni tan olib, aybdor xodim intizomiy javobgarlikka tortilganini bildirdi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!