Neft haqida sizga 150 yildan beri yolg‘on gapirib kelishmoqda.
Neft noyob resurs emas. U o‘lgan dinozavrlardan hosil bo‘lmagan. Bu modda suvdan keyin yer yuzidagi eng keng tarqalgan ikkinchi suyuqlik bo‘lib, ko‘chma ma’noda sayyoramizning hayotbaxsh qoni hisoblanadi.
“Qazilma yoqilg‘i” deb ataluvchi tushunchaning barchasi 1800-yillarning oxirida Rokfellerlar oilasi va Smitson instituti tomonidan sun’iy taqchillik yaratish hamda narxlarni osmonga chiqarish uchun o‘ylab topilgan bir nayrangdir. Neft yaqin orada tugab bitadigan, cheklangan va “dinozavrlardan qolgan” qoldiq ekaniga sizni ishontirish uchun ushbu biologik uydirmani to‘qishgan. Bu mutlaqo asossiz da’vo.
Neft abiotik (jonsiz tabiatga xos) moddadir. Ya’ni, u Yer mantiyasining chuqur qatlamlarida, o‘ta yuqori bosim va harorat ostida shakllanadigan suyuq mineraldir. U tektonik plitalarning tabiiy moyi bo‘lib, sayyoramizning ulkan mexanizmi bekamu ko‘st ishlashini ta’minlaydigan o‘ziga xos “dvigatel moyi” vazifasini o‘taydi.
Shu sababli ham 1970-yillarda qurib qolgan quduqlar bugungi kunga kelib yana to‘lmoqda. Yer pastki qatlamlardan doimiy ravishda yangi neft ishlab chiqarib, o‘zini qayta tiklamoqda. Neft tugamaydi. Biz aslida sayyora motoridagi moyni so‘rib olyapmiz, shu sababli tizim izdan chiqa boshladi.
Zilzilalarning ko‘payishi, yer osti yoriqlarining g‘ichirlashi, litosfera plitalarining bir-biriga ishqalanishi — bularning bari tasodifmi? Yo‘q. Yer qobig‘ining silliq siljishini ta’minlaydigan neftni tortib olyapmiz, oqibatda tizim xuddi zanglagan mexanizmdek tiqilib qolyapti.
Aytilmish “qazilma nazariyasi” insoniyat tarixidagi eng yirik iqtisodiy firibgarlikdir. Haqiqiy xom neft tarkibida deyarli hech qanday biologik iz yo‘q. Unda azot va fosfor mavjud emas; vaholanki, agar u o‘lik organizmlardan paydo bo‘lganida, bu elementlar albatta bo‘lishi kerak edi. Neft sof polimer uglevodorodlardan iborat bo‘lib, u Yerning paydo bo‘lish davridan qolgan moddadir.
Tomas Gold (avstriyalik mashhur astrofizik) dunyoni bundan ogohlantirishga harakat qilgan edi. U metan va neft kabi uglevodorodlar qadimgi botqoqliklardan emas, balki mantiyaning chuqur qatlamlaridan yuqoriga ko‘tarilishini isbotlab berdi. Biroq haqiqat yuzaga chiqsa, o‘rnatilgan iqtisodiy tizim qulashi aniq bo‘lgani uchun uning obro‘siga putur yetkazishdi.
Agar odamlar neft aslida sayyora uchun xuddi jo‘mrakdan oqadigan suv kabi pastdan to‘xtovsiz ishlab chiqariladigan manba ekanini bilishganida edi, urushlar, sanksiyalar va narx manipulyatsiyalariga asoslangan butun bir istilochilik tizimi bir kechada barbod bo‘lardi.
Ular Yer o‘z neftini o‘zi ishlab chiqarishini bilishingizni xohlashmaydi. Sizlarni doimiy qo‘rquvda, qaramlikda va falakka irg‘igan narxlarni to‘lab yashaydigan olomon sifatida ushlab turishni istashadi. Uyg‘oning. dinozavrlarning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu bizga sotilgan eng katta yolg‘onlardan biridir. Ko‘pchilik buni konspiralogiya deydi. Sizchi?
muallif: Shtern Dryu
Shavkat O‘ymovutli tayyorladi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!