Bosh sahifa Jahon Yevropada zaxiralari xavfli darajada kamaydi
Jahon
Iqtisodiyot

Yevropada zaxiralari xavfli darajada kamaydi

  • 09.03.2026 / 16:42
  • 96
  • 0
111

Yevropada gaz zaxiralari keskin kamayib, 2026-yil mart oyi boshiga kelib tarixiy minimumga yaqinlashdi. Qish mavsumida omborlardan katta hajmda gaz olinishi va importdagi muammolar bu holatga asosiy sabab bo‘lmoqda.

Gas Infrastructure Europe ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bo‘yicha yerosti gaz omborlarining to‘ldirilish darajasi 30 foizdan ham pastga tushgan. 2026-yil 6- mart holatiga ko‘ra, Yevropa omborlarining o‘rtacha to‘ldirilish darajasi 29,52 foizni tashkil etgan. Omborlarda 31,82 mlrd kub metr gaz qolgan. Qish mavsumi davomida esa Yevropa omborlaridan jami 57,69 mlrd kub metr gaz olingan.

Yirik gaz saqlash quvvatiga ega davlatlarda ham zaxiralar kamaygan. Germaniyada omborlar 20,88 foiz, Fransiyada 21,72 foiz, Niderlandiyada 9,89 foiz, Italiyada 46,54 foiz va Avstriyada 36 foizga to‘lgan.

Mutaxassislar Buyuk Britaniyada vaziyat yanada murakkabligini ta’kidlamoqda. Mamlakatda gaz omborlari kichik bo‘lgani sababli, qolgan zaxira faqat 1,5–2 kunlik ehtiyojni qoplashi mumkin.

Shu bilan birga, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik ham gaz bozoriga ta’sir qilmoqda. Ayrim suyultirilgan tabiiy gaz tankerlari Osiyo bozoriga burilmoqda, ayrim kemalar esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘ta olmayapti. Bu holat global ta’minot bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirib, gaz narxlarining yanada oshishiga turtki bermoqda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar