Bugun Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ish boshlamoqda. Bu — so‘nggi 40 yilda ilk bor Parijdan tashqarida, hamda YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi arafasida o‘tayotgan tarixiy voqea.
Forumda 190 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 2,800 dan ziyod delegat, shuningdek 70 ga yaqin yuqori martabali mehmon ishtirok etadi.
Tantanali ochilish marosimida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida qatnashadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
Sessiya doirasida 150 dan ortiq tadbir, jumladan O‘zbekiston tashabbusi bilan 20 dan ziyod qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etiladi. Davlatimiz rahbari Slovakiya Prezidenti va YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bu yirik voqeani dunyoning yetakchi OAVlari va 500 dan ortiq jurnalistlar yoritadi. Samarqandda ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qadimiy shahar yana tarix markaziga aylandi — bu safar butun dunyo nigohi YUNESKO minbarida Samarqandga qaratilgan.
Zarina Axmedova
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!