Bosh sahifa O'zbekiston O‘zbekistonda armiyaga chaqirilish tartibi yangilandi
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar

O‘zbekistonda armiyaga chaqirilish tartibi yangilandi

  • 07.07.2025 / 18:22
  • 193
  • 0
111

Endilikda harbiy xizmatga chaqiriluvchilar aniq mezonlarga asoslangan tanlov orqali saralanadi. Bu tartib harbiy-texnika mutaxassisliklariga tayyorgarlik hamda Qurolli Kuchlar safiga muddatli xizmatga jalb etishni tartibga soladi.

Tanlov qanday o‘tadi?

Tanlov jarayoni har yili bir marta, 10-avgustdan 10-fevralgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Chaqiriluvchi bilan suhbatda uning:

  • harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi,

  • sog‘lig‘i holati,

  • huquqbuzarliklar tarixi,

  • bilim saviyasi,

  • oilaviy sharoiti kabi jihatlar o‘rganiladi.

Shuningdek, jismoniy tayyorgarlikni aniqlash uchun quyidagi normativlar baholanadi:

  • turnikda tortilish,

  • 100 metrga yugurish,

  • 3000 metrga yugurish.

Tanlov natijasiga ko‘ra chaqiriluvchining xizmatga tavsiya etilishi yoki rad etilishi bo‘yicha xulosa chiqariladi.


Bir oylik harbiy xizmat narxi oshadi

2024-yil 1-avgustdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10% oshib, 1 mln 271 ming so‘mni tashkil etadi. Shu sababli safarbarlik chaqiruv rezervidagi (1 oylik) harbiy xizmat badali 8 mln 897 ming so‘mga yetkaziladi. Bu to‘lovni biryo‘la yoki yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.

Ushbu mablag‘lar Mudofaa vazirligi hisobiga tushadi va u:

  • muddatli harbiy xizmatchilar nafaqasi,

  • moddiy-texnika bazani mustahkamlash,

  • rezerv xizmatchilari ta’minoti uchun sarflanadi.


Safarbarlik rezervi: kimlar uchun?

Safarbarlik chaqiruv rezerviga 27 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi. Ular yil davomida qisqa harbiy yig‘inlarda ishtirok etadi. Favqulodda vaziyat yoki qurolli tajovuz yuz bersa, bu shaxslar haqiqiy harbiy xizmatga jalb qilinishi mumkin.

Bu tartib bilan armiyaga tanlov asosida salohiyatli va jismoniy jihatdan tayyor yoshlar jalb etilishi, harbiy xizmatga bo‘lgan ishonch va shaffoflik oshirilishi kutilmoqda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar