Bosh sahifa Jahon Jonsiz onadan tirik chaqaloq tug‘ildi
Jahon

Jonsiz onadan tirik chaqaloq tug‘ildi

  • 20.06.2025 / 10:09
  • 86
  • 0
111

 

"The Guardian”ning xabar qilishicha,  AQSHda homilador ayol vafot etgandan keyin, uning farzandi tug‘ildi. 
Ma’lum bo‘lishicha, Jorjiya shtatidan bo‘lgan Adriana Smit homiladorlik paytida miya o‘limi holatiga uchragan. Shundan so‘ng uning organizmi hayotiy faoliyatni ta’minlovchi tibbiy uskunalarga ulangan holda saqlab турилган. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning buvisi Eypril Nyukirkning so‘zlariga ko‘ra, bola erta tug‘ilgan – shifokorlar kesarcha kesish yo‘li bilan uni saqlab qolgan. Chaqaloq hozirda yangi tug‘ilgan bolalar reanimatsiyasi bo‘limida joylashtirilgan bo‘lib, uning og‘irligi taxminan 823 grammni tashkil etadi.

Gap shundaki, Adriana Smit 2025 yilning fevral oyida qattiq bosh og‘rig‘i bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Tekshiruvlarda uning miya qon tomirlarida tromblar aniqlangan va bu holat miya o‘limiga olib kelgan. Jorjiya shtatida abortlarni cheklash haqidagi qonunga ko‘ra, shifoxona homila tug‘ilishi uchun yetarli darajada rivojlangan bo‘lgunga qadar ayolning tanasini qo‘llab-quvvatlab turishga majbur bo‘lgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar