Bosh sahifa O'zbekiston Koksaki Covid—19ning qarindoshimi?
O'zbekiston
Jahon

Koksaki Covid—19ning qarindoshimi?

  • 20.06.2025 / 03:04
  • 145
  • 0
111

Keyingi kunlarda bolalar orasida yangi — koksaki virusi tarqalgani haqidagi vahimali xabarlar Internetni "yondirdi". 
Sanepidemqo‘mitaning ma’lum qilishicha, bu virus yangi emas, aksincha, butun dunyoda allaqachon mavjud virus hisoblanadi.

Shifokorlarning aytishicha, Koksaki (Coxsackie) virusi enteroviruslar guruhiga kiradi va asosan yuqori nafas yo‘llari hamda me’da-ichak tizimini zararlaydi.
Kasallanishning eng yuqori davri yoz va kuz fasllariga to‘g‘ri keladi. Tropik iqlimli mamlakatlarda yil davomida ham uchrab turadi. Bu virus bilan deyarli har qanday joyda zararlanish mumkin va bu xavf yoz oylarida ortadi.  Koksaki asosan bolalarni zararlaydi, biroq kattalarda ham kasallik rivojlanish holatlari uchraydi.

Koksaki virusli infeksiyaning eng ko‘p uchraydigan simptomlari:
tana haroratining 38–38,5°C gacha ko‘tarilishi;
teri va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida toshmalar paydo bo‘lishi (bu toshma pufakchalar ko‘rinishida bo‘ladi, ularni suvchechak bilan adashtirmaslik kerak);
yuqori nafas yo‘llari zararlanishi.

Ilk marta 2017 yilda qayd etilgan Koksaki virusi chaqiradigan infeksiyalarning klinik simptomlari juda o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha yengil holatlar kuzatiladi, ular shamollashga o‘xshash (burun oqishi, tomoq qichishi, tana haroratining ko‘tarilishi) va teri hamda shilliq qavatlarda toshmalar paydo bo‘lishi kabi belgilar bilan kechadi. Ammo immuniteti past bo‘lgan odamlarda og‘ir holatlar ham kuzatiladi, bunda miya pardalari va bosh miya to‘qimalarida, jigar, yurak mushagi (miokard) va yurak tashqi pardasi (perikard)da yallig‘lanish jarayoni rivojlanishi mumkin.

Koksaki virusli infeksiyaning eng ko‘p uchraydigan simptomlari:
tana haroratining 38–38,5°C gacha ko‘tarilishi;
teri va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida toshmalar paydo bo‘lishi (bu toshma pufakchalar ko‘rinishida bo‘ladi, ularni suvchechak bilan adashtirmaslik kerak);
yuqori nafas yo‘llari zararlanishi.

Agar kasallik og‘ir kechsa, quyidagi ogohlantiruvchi simptomlar yuzaga kelishi mumkin. Quyida keltirilgan simptomlardan hech bo‘lmaganda bittasining mavjudligi zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarurligini bildiradi:
uzoq davom etuvchi isitma;
doimiy bosh og‘rig‘i;
ko‘z soqqalarida og‘riq;
qayta-qayta qusish;
mushaklarda tutqanoq holatlari;
kuchayib borayotgan uyquchanlik;
befarqlik yoki asabiylik;
muvozanatning buzilishi;
nafas olishda qiyinchilik;
ko‘krak qafasida davomli og‘riq.
Koksaki virusini davolash
Koksaki virusiga qarshi maxsus davo yo‘q, agar kasallik asoratlarsiz kechsa, sog‘ayish o‘z-o‘zidan yuz beradi. Biroq simptomlarni yengillashtirish uchun turli choralar qo‘llaniladi, isitma paytida shifokor haroratni tushiruvchi va og‘riqni kamaytiruvchi dori vositalarini buyurishi mumkin. Kuchli qichishish bo‘lsa, allergiyaga qarshi preparatlar tavsiya etiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar paydo bo‘lsa, antiseptik vositalar qo‘llanadi, ular og‘riqni kamaytiradi va bakterial infeksiya qo‘shilish xavfini kamaytiradi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar