AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, u Eron bilan muzokara olib borish niyatida emas, balki Tehronning to‘liq taslim bo‘lishini kutayotganini ta’kidladi.
Tramp Fox News'ga bergan intervyusida “Men muzokara qilmoqchi emasman. Men ularning to‘liq taslim bo‘lishini kutyapman”, deb izoh bildirgan.
Shu bilan birga, Tramp Tehron bilan muloqotga qaytish ehtimolini ham inkor etmadi. U Truth Social tarmog‘ida, "Agar ular muloqot qilmoqchi bo‘lsa, men bilan qanday bog‘lanishni yaxshi bilishadi. Ular stol ustidagi bitimni qabul qilishlari kerak edi bu ko‘plab hayotlarni saqlab qolgan bo‘lardi” deb ёзди.
Isroil OAVlarining ma’lumotiga ko‘ra, Vashington Eronga “oxirgi imkoniyat” taklifini taqdim etishi kutilmoqda. Agar Tehron uni rad etsa, AQSH Eronga qarshi zarbalarda ishtirok etishi mumkin.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!