Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Xavotirlanishga asos yo‘q!
Qayd etilishicha, shu yil mart oyida koronavirusning Xitoyda aniqlangan {COVID} shtammi ba’zi mamlakatlar bo‘ylab tarqalayotgani haqida ma’lumotlar bor. Lekin, SOVID-19 ning yangi to‘lqini dunyoni qamrab olmoqda, degan xabarlar asossiz.
«To‘g‘ri, mamlakatimizda COVID-19 ga chalinganlar oz miqdorda bo‘lsa ham, aniqlanib turibdi. Ammo murojaat qilgan bemorlarning faqat ikkilamchi surunkali kasalligi bo‘lganlarigina shifoxonada davolanmoqda. Qolganlari xastalik yengil kechganligi sababli ambulator sharoitda muolaja olyapti» degan Otabekov.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!