Hindistonlik taniqli instabloger Misha Аgraval 25 yoshga toʼlishidan bir necha kun oldin oʼz joniga qasd qilgan, bu haqda uning opasi maʼlum qildi. U Misha ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari sonining kamayishi tufayli juda katta bosim ostida boʼlganini aytdi.
Tarmoqda katta miqdordagi obunachilarni toʼplagan yosh influenser 24-aprelь kuni vafot etdi, bu uning obunachilarini hayratga soldi.
Misha Аgravalning Instagram sahifasida 26-aprelь kuni "Misha Аgraval, 2000-yil 26-aprelь - 2025-yil 24- aprelь", deb yozilgan post paydo boʼldi, unda oʼlim sababi koʼrsatilmagan. Bu xabar toki uning opasi 30- aprelь kuni Misha oʼz joniga qasd qilganini tasdiqlovchi bayonot bermaguncha hayrat va chalkashlik bilan qarshilandi.
Instagramda telefonining fon rasmini skrinshot qilib qoʼygan holda izoh bilan baham koʼrib, u shunday yozdi: "Uning telefonining fon rasmi hammasi haqida gapiradi. Mishaning hayotidagi yagona maqsad bu obunachilar edi. Instagram - bu haqiqiy dunyo emas va obunachilar - bu haqiqiy sevgi emas, iltimos, buni tushunishga harakat qiling".
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!