Аdashmasam, Instagram'da va yana baʼzi ijtimoiy tarmoqlarda juda xunuk bir "prikol" paydo boʼlibdi: rus internetida loʼlilar haqidagi hazillardan toʼgʼri koʼchirma qilib oʼzbekcha bosishyapti, faqat loʼlilar oʼrniga tojiklar haqida gapirishyapti.
Buning oʼzi millatchilik, milliy nizo qoʼzgʼash va hokazo. Qoralayman. Lekin yaqinda bir videoga koʼzim tushib qoldi va bunday "prikol"larni tayyorlovchilar hatto millatchi ham emas, balki hech baloning fahmiga bormaydigan, balki umrida tojiklarni koʼrmagan chalasavod oʼsmirlar ekanini bildim.
Xullas, bir videoda Oʼzbekiston xaritasi turibdi; barcha viloyatlarga Oʼzbekiston bayrogʼi qoʼyib chiqilgan, Samarqand va Buxoroga Tojikiston bayrogʼi qoʼyilgan.
Bu "hazil" muallifi oʼzicha samarqandlik-buxoroliklarni masxara qilmoqchi boʼlgandir, "mana senlar oʼzbekmassan hahaha" deb. Lekin na real millatchiliklar, na tarix yoki siyosatdan bexabar boʼlgani uchun aslida tojik millatchilarining tegirmoniga suv quyib qoʼygan. "Tojik millatchilari bunday xaritaga jon deydiku galvars!" deydigan odam yoʼq. Hatto millatchilik qilish uchun ozgina kalla kerak.
Bu eshakmiyalarni tutib, milliy nizo qoʼzgʼash va Oʼzbekistonning hududiy yaxlitligiga tahdid solishda ayblab qamavorish kerak. Menimcha.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!