Bosh sahifa O'zbekiston O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
O'zbekiston
Jahon

O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

  • 13.05.2025 / 12:52
  • 1212
  • 0
111

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmonga ko‘ra, “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi. Bu stipendiya xorijda tahsil olayotgan iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida taqdim etiladi.

Stipendiyani olish tartibi:

Stipendiya bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish istagidagi eng munosib nomzodlarni saralash orqali ajratiladi.

Nomzodlar test sinovlari va suhbat asosida tanlanadi. Testlar orqali ularning intellektual, tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyati hamda psixologik barqarorligi baholanadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi:

Farmonga muvofiq, Prezident huzuridagi istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi qayta tashkil etildi.

Jamg‘armaning vazifalari orasida: vatanparvar kadrlarni tayyorlash, nomzodlarni strategik sohalarga yo‘naltirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, va xalqaro maydondagi ijobiy imijni kuchaytirish kiradi.

Stipendiya ajratilish tartibi:

1–100-o‘rinli oliy ta’lim muassasalarida grant asosida qabul qilinganlar – to‘liq o‘qish haqi qoplab beriladi (tanlovsiz).

1–300-o‘rinli muassasalarda o‘qiydiganlar – xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun stipendiya oladi (tanlovsiz).

1–20-o‘rinli muassasalarda kamida 50% grant asosida o‘qishga qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar bitiruvchilari ham – tanlovsiz stipendiya oladi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab strategik korxonalar uchun xorijiy stajirovka yo‘lga qo‘yiladi.

Stajirovka muddati va tashkiloti “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadi.

Stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar uchun xorijiy tilni o‘rganish imkoniyati yaratiladi

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab harbiy ta’lim muassasalari kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi ham joriy etiladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar