Bosh sahifa O'zbekiston Navoiyda maktab direktori oʼquvchilarni kaltaklagan
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Jamiyat

Navoiyda maktab direktori oʼquvchilarni kaltaklagan

  • 13.05.2025 / 11:13
  • 1153
  • 0
111

Sifatli va xavfsiz taʼlim tizimini yaratish borasida har qancha islohotlar olib borilmasin, maktablarda oʼquvchilarni kaltaklash-u, oʼqituvchilarga musht oʼqtalish holatlari koʼpaysa koʼpayyaptiki, kamaygani yoʼq. 

Navoiyda maktab direktori oʼquvchilarni kaltaklagani ham bu voqealarning mantiqiy davomi boʼldi. 

Maʼlumotlarga koʼra, 25 fevralь kuni Xatirchi tumanidagi maktab direktori 10-sinf oʼquvchilarini goʼyoki “tartibga chaqirish” bahonasida mushtlab, oyoq bilan tepib kaltaklagan.

Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, holat oʼrganilmoqda va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ha-ya, psixologlaru tahlilchilar hadeb boy boʼlish, erdan pul soʼrashu haqida vaʼz oʼqimasdan taʼlim tizimidagi shu kabi holatlarning ildizini oʼrganib, aniq tavsiya va takliflar berishsa, yaxshi boʼlardi. 

Siz nima deysiz aziz kuzatuvchilar?

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar