Bosh sahifa O'zbekiston Barcha yo'nalishlarda sirtqi ta’lim endi tarixda qoldi
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar
Kadrlar

Barcha yo'nalishlarda sirtqi ta’lim endi tarixda qoldi

  • 06.05.2025 / 08:38
  • 1713
  • 0
111

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sirtqi shakldagi o‘qishga qabul to‘liq to‘xtatiladi. Bu yilgi qabul jarayonlarida endi birorta ham sirtqi yo‘nalish uchun kvota ajratilmaydi.

Bu qaror davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi. Endilikda hech qaysi yo‘nalish bo‘yicha sirtqi shaklda yangi talabalar qabul qilinmaydi.

Ayni paytda sirtqida tahsil olayotgan yuqori bosqich talabalar o‘qishni davom ettiraveradi. Ya’ni mavjud sirtqi guruhlar yopilmaydi, lekin yangilar shakllantirilmaydi.

Sirtqi ta’lim o‘rnini bosish uchun muqobil shakllar — xususan, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim joriy etiladi. Shu bilan birga, oliygohlarga ajratiladigan umumiy qabul kvotalarida muqobil shakl kunduzgi ta’lim natijalarining 50 foizidan oshmasligi shart qilib belgilandi. Masalan, agar kunduzgi bo‘limga 100 talaba qabul qilinsa, muqobil ta’lim shakliga 50 nafardan ko‘p qabul qilinmaydi.

Yana bir muhim yangilik – endilikda magistratura bosqichida ham masofaviy yoki boshqa muqobil shakllarda o‘qitishga ruxsat beriladi. Ilgari bu faqat kunduzgi shaklda amalga oshirilardi.

Bu qaror oliy ta’lim tizimini maqbullashtirish, sifatni oshirish va zamonaviy ta’lim shakllariga o‘tish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar