Bosh sahifa O'zbekiston O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun yangi yengilliklar joriy etildi
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar

O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun yangi yengilliklar joriy etildi

  • 22.04.2025 / 16:02
  • 2142
  • 0
111

 

22 aprel kuni qabul qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, xorijga ishga ketayotgan fuqarolarga ishchi viza, til sertifikati va yo‘l chiptasi xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi.

Yangiliklar:

“Xorijga ishga tayyorlash markazi” tashkil qilinadi va barcha xizmatlar “Yagona darcha” orqali ko‘rsatiladi.

Arzon va qulay avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Subsidiya va kompensatsiyalar:

Til yoki kasbiy sertifikat olish uchun — 1 mln 125 ming so‘mgacha.

Ishchi viza rasmiylashtirish uchun — 1 mln 875 ming so‘mgacha.

Yo‘l chiptasi uchun — 750 ming so‘mgacha.

Nemis, ingliz, yapon va koreys tillaridan ko‘p sertifikat oldirgan 50 nafar o‘qituvchiga — 50 mln so‘mdan rag‘batlantirish.

Rivojlangan mamlakatlarga ketayotganlarga 10 mln so‘mgacha mikrokreditlar beriladi.

Qo‘shimcha: O‘zbekiston Germaniya va Janubiy Koreya bilan mehnat migratsiyasini osonlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar