Rossiya: Ukraina bo‘yicha kelishuv AQSH emas, Rossiya shartlari asosida bo‘ladi
Rossiya Federatsiyasi kengashi a’zosi Konstantin Kosachevning ta’kidlashicha, AQSH va Ukraina kelishgan o‘t ochishni to‘xtatish taklifi Rossiya shartlari asosida bo‘lishi lozim.
11-mart kuni Jiddada AQSH Ukraina xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan. Ukraina 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgach, AQSH Rossiyadan ham shunday javob kutayotganini ma’lum qilgan.
Putin muzokaralarga tayyorligini bildirgan, biroq Rossiya Ukraina to‘rt viloyatdan chiqmaguncha urush davom etishini ta’kidlagan. Kosachev esa kelishuvlar jang maydonidagi holatga bog‘liqligini va AQSH buni anglash kerakligini qayd etgan.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!