Sudanda Misrdan ko‘ra ko‘proq piramidalar borligi aniqlangan. Misrda 138 ta piramida topilgan bo‘lsa, Sudanda taxminan 255 ta piramida mavjud. Bu piramidalar asosan Nubiya hududida joylashgan bo‘lib, qadimiy Kush qirolligi davrida qurilgan. Nubiya piramidalari Misr piramidalari kabi katta bo‘lmasa-da, ular o‘ziga xos arxitekturasi va tarixi bilan ajralib turadi.
Ba’zi manbalardabu piramidalar Misrdagidan 800 yil kattaroq ekanligi ta’kidlanadi. Devorlarida turli hodisalar tasvirlangan piramidalarning uzunligi 6 metrdan 30 metrgacha.
Sudandagi piramidalar Misr piramidalari kabi mashhur bo‘lmasa-da, ular qadimiy tarix va madaniyatning muhim qismi hisoblanadi.
Nubiya piramidalari asosan Kush qirolligining ikki asosiy davrida, ya’ni Napata va Meroe davrlarida qurilgan. Napata davri miloddan avvalgi 8-asrda boshlangan va Meroe davri miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 4-asrgacha davom etgan. Bu piramidalar Misr piramidalari kabi dafn marosimlari uchun ishlatilgan va ular Kush qirollarining va zodagonlarining qabrlari bo‘lgan.
Nubiya piramidalari asosan Sudan hududidagi Nubiya tog‘lari va Nil daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan. Eng ko‘p tarqalgan joylari Meroe va Napata shaharlarida joylashgan.
Nubiya piramidalari o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Ular nisbatan kichik va tik qiyaliklarga ega bo‘lib, Misr piramidalari kabi baland emas. Piramidalar odatda qotishmalar bilan bezatilgan va ba’zi hollarda ustidagi ibodatxonalarga kirish yo‘llari mavjud.
Nubiya piramidalari qadimiy tarix va madaniyatning muhim qismi hisoblanadi. Ular Kush qirolligining qudratini va boyligini namoyish etadi va hozirgi kunda ham ko‘plab insonlarni o‘ziga jalb qiladi.
Nubiya piramidalari Sudan sayyohlik joylaridan biri bo‘lib, ular ko‘plab sayyohlar va tadqiqotchilar tomonidan qiziqish bilan qaraladi. Bu joylar YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va ularning saqlanishi uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda.
Salohiddinova Nigina Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!